Farg‘onada ota uch nafar oila a’zosini o‘ldirdi

Farg‘onada ota uch nafar oila a’zosini o‘ldirdi

Farg‘ona viloyatida kecha dahshatli fojia ro‘y berdi: Quva tumanida 34 yoshli erkak o‘z turmush o‘rtog‘i va ikki farzandi — 5 yoshli qizi hamda 1 yoshli o‘g‘lini qasddan o‘ldirgani ma’lum qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura rasman tasdiqladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodica 29 noyabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Tergovchilar Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Gumonlanuvchi belgilangan tartibda qo‘lga olingan, u hozircha protsessual tartibda ushlab turilmoqda.

Tegishli ekspertizalar va surishtiruv ishlari davom etmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.