Texasda bir oy ichida ikkinchi masjid yonib ketdi


AQShning Texas shtatida Islom markazi yonib ketdi. Mahalliy imomning aytishicha, yong‘indan ogohlantiruvchi signalizasiya ishlamagan, yong‘in boshlanganda markaz eshiklari ochiq bo‘lgan, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
Yong‘inni birinchi bo‘lib mahalliy do‘kon xodimi sezib qolgan va o‘t o‘chirish xizmatini chaqirtirgan. Yong‘inni o‘chirishga 4 soat ketganiga qaramasdan, binoni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Texas o‘t o‘chirish boshqarmasi voqea sabablarini tergov qilishni boshlagan.
Ma’lum qilinishicha, 21 yanvarda kechki payt noma’lum kishilar shu markaz binosi eshigini buzib, uning ichiga kirib, bir nechta noutbuklarni o‘g‘irlab ketishgan.
Ta’kidlanishicha, markaz Texasda yanvar oyida yonib ketgan ikkinchi masjid bo‘ldi. Avvalroq Trevis ko‘li yonidagi masjid yoqib yuborilgandi.



Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













