«Kamolot» YoIHga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

«Kamolot» YoIHga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Sarvar Ashurov «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Kun ma’lum qildi.
«Kamolot» YoIHga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

U «Kamolot»ning avvalgi rahbari, yanvar oyi oxirida Prezident Devoni yoshlar masalalari sektori rahbari etib tayinlangangan Bahodir G‘anievning o‘rnini egalladi.

1982 yilda tug‘ilgan Sarvar Ashurov — O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent moliya instituti bitiruvchisi hisoblanadi. 2013 yildan «Kamolot» raisi o‘rinbosari va «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.