Andijonda ogʻir avtohalokatda qurbonlar bo‘lmadi

Andijonda ogʻir avtohalokatda qurbonlar bo‘lmadi

Andijon viloyati IIB YHXB matbuot xizmati A-373 “Toshkent–O‘sh” avtomagistralida yuz bergan jiddiy yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

2 yanvar kuni soat 13:00 lar atrofida (Toshkent vaqti bilan) Shaxrixon tumani “Shurqishloq” MFY hududidan o‘tuvchi yo‘lning 321-kilometrida 1988 yilda tug‘ilgan “Labo” haydovchisi belgilangan joyda qayrilish amalga oshirgan. Shu paytda ortdan kelayotgan boshqa “Labo” haydovchisi xavfsiz masofani saqlamagani oqibatida qayrilayotgan avtomobilga urilgan.

To‘qnashuv zarbidan qayrilayotgan “Labo” qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, “Lacetti” bilan peshma-pesh to‘qnashgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, biroq transport vositalari jiddiy texnik shikastlangan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilfuza Razzoqova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.