Ombudsman koloniyadagi Mubashshir Ahmad holatini tekshirdi

Ombudsman koloniyadagi Mubashshir Ahmad holatini tekshirdi

So‘nggi kunlarda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan diniy ulamo A.Tursunov (Mubashshir Ahmad)ning sog‘ligi bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalgan edi. Shu holat jamoatchilikda savollar uyg‘otgani ortidan masala rasmiy tarzda o‘rganildi.

Mazkur ma’lumotlar asosida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili koloniyaga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Tashrif davomida muassasada jazo o‘tayotgan mahkum A.T. (Mubashshir Ahmad)ning sog‘ligi va saqlanish sharoiti diqqat bilan ko‘rib chiqildi.

Ombudsman koloniyadagi Mubashshir Ahmad holatini tekshirdi

Monitoring jarayonida mahkumlar bilan, jumladan A.T. bilan ham holi tarzda suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, uning sog‘lig‘iga doir tibbiy hujjatlar bilan tanishildi.

Suhbatda A.T. muassasada tibbiy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha shikoyati yo‘qligini bildirgan. Uning aytishicha, u muntazam tarzda to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib kelinmoqda. Shu bilan birga, avvaldan mavjud bo‘lgan kasalliklari sabab sog‘lig‘ida ayrim o‘zgarishlar kuzatilayotganini, ammo tegishli tibbiy yordam olayotganini qayd etgan.

Shuningdek, mahkum o‘z xohishiga ko‘ra mehnatga jalb etilganini (oshxona ishlari bilan shug‘ullanishi) aytgan. U qonunchilikda belgilangan vaqtlardan tashqari ortiqcha mehnatga jalb etilmagani, ish sharoiti esa mehnatni muhofaza qilish qoidalariga mos ekanini ta’kidlagan.

Ombudsman koloniyadagi Mubashshir Ahmad holatini tekshirdi

Oziq-ovqat ta’minoti va yashash sharoiti bo‘yicha ham shikoyat bildirilmagan. A.T. so‘zlariga ko‘ra, sog‘lig‘ini inobatga olgan holda unga belgilangan norma bo‘yicha oziq-ovqat beriladi.

Mahkum bilan o‘tkazilgan holi suhbatda u hech qanday masala yuzasidan murojaat qilmagan.

Eslatib o‘tish joiz: ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan ushbu muassasaga 2025 yil noyabr va dekabr oylarida ham monitoring tashriflari amalga oshirilgan bo‘lib, o‘sha paytlarda ham mahkum A.T. tomonidan murojaatlar kelib tushmagani qayd etilgan.

Ombudsman koloniyadagi Mubashshir Ahmad holatini tekshirdi

Qisqasi, tarqalgan xabarlar ortidan holat joyiga chiqib tekshirildi, mahkumning o‘zi bilan ham bevosita suhbat o‘tkazildi va hujjatlar ko‘rib chiqildi. Endi muhimi — bunday masalalarda har qanday gap-so‘z emas, aynan rasmiy monitoring va ochiq tekshiruv natijalari asos bo‘lib qolaveradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.