Qashqadaryoda yirik gaz qoidabuzarligi bo‘yicha ish ochildi

Qashqadaryoda yirik gaz qoidabuzarligi bo‘yicha ish ochildi

Qarshi shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “M.Sh.Q.S.” MCHJga qarashli ko‘p qavatli turar-joy binosida tabiiy gazdan o‘zboshimchalik bilan, noqonuniy foydalanish holati aniqlangani ma’lum qilindi. Tekshiruv “O‘zenergoinspeksiya”ning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik oqibatida 4 milliard 90 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani qayd etilgan.

Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Qisqasi: “gaz tekinga emas”, endi bu ishda kim va qanchaga “javob” berishini tekshiruv hal qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.