O‘zbekistonlik ziyoratchilarni Umra safariga olib borish uchun 30ta reys tashkil etiladi


\"O‘zbekiston havo yo‘llari\" Milliy aviakompaniyasi 20 fevraldan boshlab \"Umra-2017\" dasturi doirasida reyslarni amalga oshirishni boshladi, deb yozmoqda Sputnik nashri.
O‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistonining Jidda shahriga Boeing-767 havo kemalarida etkaziladi.
Bu yil dastur doirasida Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 30ta reys amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, 5500 yo‘lovchi tashish rejalashtirilgan.
\"Umra-2017\" dasturini amalga oshirish maqsadida yo‘lovchilarga barcha sharoit va qulayliklarni yaratish uchun Milliy aviakompaniyaning malakali mutaxassislari jalb etilgan.
\"Umra-2017\" dasturi 11 aprelgacha davom etadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













