Shahrisabzda YPXning Tracker avtomashinasi yonib ketdi


Ma’lum qilinishicha, soat 13:40 atrofida shahar hududida davlat raqam belgisi 70/809VSF bo‘lgan Tracker avtomashinasining dvigatel qismida yong‘in chiqqan. Tezkor choralar ko‘rilib, olov qisqa vaqt ichida o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Shuningdek, holat yuzasidan mas’ul xizmatlar tomonidan xizmat tekshiruvi boshlangani aytilmoqda.
Bildirilishicha, voqea sabablari o‘rganilmoqda va keyinchalik qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













