1220 ta bolalar bog‘chasida kutubxonalar paydo bo‘ladi

1220 ta bolalar bog‘chasida kutubxonalar paydo bo‘ladi
1220 ta bolalar bog‘chasida kutubxonalar paydo bo‘ladi

Yil oxiriga qadar 1220 ta maktabgacha ta’lim muassasasida 50 nomdagi kitobni o‘z ichiga olgan kichik kutubxonalar tashkil etiladi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz nashri.

Kutubxonalarda o‘zbek xalq ertaklari, bolalar uchun hikoya va she’rlar to‘plamlari o‘rin oladi. Kitob materiallari adabiy qahramonlar qayd etilgan daraxtlar va boshqa maxsus ramzlar yordamida bo‘limlarga ajratiladi.

3−6 yoshdagi bolalar kitob bilan muloqot qilishi uchun tarbiyachilar ular bilan birgalikda mutolaa qiladi, o‘qilganlar to‘g‘risida suhbatlar tashkil qilib, tushunarsiz so‘zlarga izoh beradi, adabiy kechalar va tematik kitob ko‘rgazmalari uyushtiradi.

Loyiha muassasaning ichki imkoniyatlari mablag‘lari hamda homiylar jalb qilish hisobidan amalga oshiriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.