Buxorolik ayol firibgarlarga milliarddan ortiq pul yuborib, chuv tushdi

Buxorolik ayol firibgarlarga milliarddan ortiq pul yuborib, chuv tushdi

Buxoro viloyatida telefon va internet orqali sodir etilgan navbatdagi firibgarlik holati qayd etildi. Noma’lum shaxslar bir ayolni aldab, uning katta miqdordagi mablag‘ini qo‘lga kiritgan.

Ma’lum qilinishicha, firibgarlar Telegram orqali bog‘lanib, o‘zlarini “Markaziy bank xodimi” sifatida tanishtirgan. Ular ayolga bankdagi omonatlari xavf ostida ekanini aytib, mablag‘ni “xavfsiz karta”ga o‘tkazish kerakligiga ishontirgan.

Shundan so‘ng jabrlanuvchi o‘z ixtiyori bilan turli banklarda saqlangan mablag‘larini ko‘rsatilgan hisob raqamlariga o‘tkazib bergan. Oqibatda u jami 1 milliard 9 million so‘mdan ayrilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mazkur holat yuzasidan firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Ayni paytda gumonlanuvchilarni aniqlash va ushlash bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.