“O‘zbekiston havo yo‘llari” MDHda birinchi bo‘lib xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MDHda birinchi bo‘lib xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining 8 strukturali bo‘linmalari MDH mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib ISO 9001:2015 bo‘yicha Sifat menejmenti tizimi sertifikatini qo‘lga kiritdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti. Shuningdek, yo‘lovchilarga xalqaro talablarga mos keladigan yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilayotgani tasdiqlandi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MDHda birinchi bo‘lib xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi

ISO 9001:2015 Sifat menejmenti tizimi yangi talablarini joriy etish bo‘yicha “Toshkent”, “Samarqand”, “Buxoro”, “Namangan”, “Nukus”, “Termiz”, “Qarshi” aeroportlarida katta ishlar amalga oshirildi. Kompaniya mutaxassislari yangi hujjatlar va talablarni ishlab chiqib, amalga tatbiq etishdi. Uchuvchilar xavfsizligi bo‘yicha Inspeksiya ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi.

“Rus registri – Markaziy Osiyo” sertifikasiyalash bo‘yicha tashiloti Milliy aviakompaniya bo‘linmalaridagi sifat boshqaruvi xalqaro talablarga mos kelishini tasdiqladi va butun dunyo tomonidan tan olingan tegishli sertifikatni topshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.