Qashqadaryoda 49 yoshli zolim qaynona kelinining vafotiga sababchi bo’ldi

Sud hujjatlariga ko‘ra, Chiroqchi tumanida yashovchi qaynona 2022 yildan 2025 yil oktyabriga qadar kelinini muntazam haqorat qilib, bir necha bor urgan, uyidan haydab yuborgan hamda ruhiy bosim o‘tkazib kelgani aniqlangan.
Hattoki kelinini ota-onasi bilan uchrashishini cheklab, telefonidan foydalanishiga ham to‘sqinlik qilgan. Ayrim holatlarda esa uni sochidan tortib ko‘chaga sudrab chiqargani, yuz va tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgani aniqlangan.
Kelin esa 2025 yil 2 oktabr kuni marhuma qaynonasi tomonidan davomli ravishda o‘tkazilgan jismoniy va ruhiy bosimlarga chiday olmay, yashash uyidagi molxonada o’z joniga qasd qilgan.
Qaynona sudda ayrim holatlarni qisman tan olib, keliniga tarbiya maqsadida tanbeh berganini, ayrim paytlarda urganini bildirgan. Shuningdek, u uch nafar nevarasini tarbiyalayotganini aytib, suddan yengillik so‘ragan. Ammo jinoyatga jazo muqarrar deganlaridek, zolim qaynona 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.













