“Superog‘ir” vazn toifasidagi bir yarim yoshli chaqaloq (foto)

“Superog‘ir” vazn toifasidagi bir yarim yoshli chaqaloq (foto)
Turkiyalik Samsun shahrida Yag‘iz Bekte ismli chaqaloq bir yarim yil ichida 32 kg vaznga ega bo‘ldi. U har oyda 2-2,5 kiloga semirgan va hech qanday parhez uning semirishiga to‘sqinlik qilolmagan, deb yozadi Qalampir.uz.

Bola besh oylik bo‘lganida shifokor ko‘rigiga olib borilgan va unga leptin (modda almashinuvini tartibga soluvchi) gormon etishmasligi tashxisini qo‘yishgan.

Ota-onaning aytishicha, davlat ijtimoiy sug‘urta tashkiloti farzandini davolash uchun mablag‘ berishdan bosh tortgan. Bemorning onasi Sevdo Bekte shifokor belgilagan uch oylik davolash kursi uchun ketadigan xarajatlarni hisoblab chiqdi.
“Superog‘ir” vazn toifasidagi bir yarim yoshli chaqaloq (foto)
Dorining har bir qutisi 4441 dollar yoki 15 000 lira bo‘lib, bunday doridan 20 ta kerak bo‘ladi. Bolani davolash uchun jami 300 000 lira sarflanadi. Ota-ona moddiy tomonidan qiynalayotgani sababli davlat rahbariga murojaat qildi.

Shifokor bunday semizlik bola uchun juda xavfli ekanini aytib, bola bu kasallik bilan uzoq yashamasligini ta’kidlagan.
“Superog‘ir” vazn toifasidagi bir yarim yoshli chaqaloq (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.