Surxondaryo viloyatida ikki kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Surxondaryo viloyatida ikki kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.A.ning ichki ishlar bo‘limiga yozgan arizasida, shu tumanda yashaydigan 1992 yilda tug‘ilgan Yu.E. o‘zining ikki kunlik qiz bola chaqalog‘ini unga 7500000 so‘m pul evaziga sotmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

Mazkur ariza yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yu.E. M.A.ga chaqalog‘ini sotayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlandi, deya xabar berdi IIV Axborot xizmati.

Hozirgi kunda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.