3 iyuldan kollej va liseylarda hujjat qabul qilish boshlanadi

3 iyuldan kollej va liseylarda hujjat qabul qilish boshlanadi
2 iyul kuni Xalq ta’limi vaziri selektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Vazir yig‘ilish davomida 10-11 sinflar tajriba tariqasida gumanitar va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda ochilishini ta’kidladi.

10-11 sinflarda faqatgina ushbu tajriba qo‘llaniladigan maktab bitiruvchilari o‘qishlari mumkin, ya’ni 10-11 sinflar ochilmaydigan maktab o‘quvchilari 10-11 sinflar ochiladigan maktablarga o‘tolmaydilar.

Ushbu qarorga muvofiq maktab direktorlariga 10-11 sinflarga boshqa maktab o‘quvchilarini qabul qilmasliklari haqida kafolat xati yozib berishga ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, 3 iyuldan boshlab shahardagi barcha kollej va liseylarda hujjat qabul qilish boshlanishi ham aytib o‘tildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.