Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov Mudofaa vaziri bo‘ldi

Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov Mudofaa vaziri bo‘ldi
Avvalroq, Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov boshqa ishga o‘tgani sababli lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Abdusalom Azizov O‘zbekiston Mudofaa vaziri etib tayinlangan.

Mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-polkovnik Qobul Berdiyev Qurolli Kuchlar akademiyasiga o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, Abdusalom Azizov yanvar oyida Adhamjon Ahmedboyev o‘rniga Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.