Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tayotgan Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, muzokarada O‘zbekiston va Turkiyaning savdo-iqtisodiyot, investitsiya, sayyohlik va boshqa sohalardagi aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.