Badjahl mushuk egasi 99,5 million dollar ishlab oldi

Badjahl mushuk egasi 99,5 million dollar ishlab oldi
Badjahl mushuk egasi 99,5 million dollar ishlab oldi

Internetda mashhur Tard laqabli mushuk (Badjahl mushuk) egasi Tabata Bundesen hayvonining mashhurligidan 99,5 million dollar ishladi, deb xabar bermoqda «Kun.uz».
«Mushugim ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lganidan so‘ng sanoqli kunlar o‘tib, ofisiantlikni tashladim. Telefon tinmay jiringlardi», — deb eslaydi Bundesen.
«Badjahl mushukning eng yomon Rojdestvosi» shu yilning noyabr oyida ekranga chiqdi. Mushuk reklama roliklarida ham suratga tushdi, uning tasviri sovg‘aga mo‘ljallangan mahsulotlarda paydo bo‘ldi, Badjahl mushuk haqidagi kitob 15 tilda chop etildi. Ma’lum bo‘lishicha, mushukning daromadi Mett Deymon, Metyu Makkonaxi, Nikol Kidman va Kemeron Dias singari mashhur aktyor-aktrisalarnikidan ko‘proq.

Foto: Getty
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.