Prezident: «Shoshilmaslikni so‘rashgandi. Lekin kuta olmasdik»

Prezident: «Shoshilmaslikni so‘rashgandi. Lekin kuta olmasdik»
Toshkentda 7 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezident yig‘ilish davomida O‘zbekistonda erkin konvertatsiya joriy etilishi haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.

«Konvertatsiya - orzu havas edi. Iqtisodni tushunganlar buning muhimligini biladi.

Atrofimdagilar, iqtisodchilar ham shoshilmaslikni so‘radi. Qancha kutish kerak dedim. 3 yil deyishdi. Odamlar 25 yil kutdi, yana kutishi kerakmidi?

Bu qiyin. Lekin aql bilan, vazminlik bilan hisob-qilsak, O‘zbekistonning imkoniyati ko‘p davlatlarda yo‘qligini ko‘ramiz.

Boshqa davlatlar bilan O‘zbekistonning boyligini taqqoslab bo‘lmaydi. Gazimiz bor, tillamiz bor, uranimiz bor, paxtamiz bor, meva-sabzavotimiz bor. Mehnatkash xalqimiz bor.

Biz konvertatsiya qilmay, yana 50 yil kutishimiz kerakmidi? Kutishga hech qanday haqqimiz yo‘q edi. Erkin konvertatsiyaga o‘tdik, mana hammasi yaxshi bo‘ldi», degan prezident.

Eslatib o‘tamiz, 2 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi va 5 sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab erkin konvertatsiya amaliyoti joriy etilib, banklarda valyuta sotilishi yo‘lga qo‘yildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.