Angrenda oilaviy janjal erning pichoqlanishi bilan tugadi

Angrenda oilaviy janjal erning pichoqlanishi bilan tugadi
Toshkent viloyatining Angren shahridagi dahalardan birida joylashgan uyda 20 fevral, soat 23:45 larda oilaviy janjal yuz berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Mojaroda uy bekasi, 1998 yilda tug‘ilgan M. O‘razaliyeva turmush o‘rtog‘i, 1993 yilda tug‘ilgan D. O‘razaliyevga pichoq urib, jarohat yetkazdi.

Jabrdiyda kasalxonaga yotqizildi, uning xotini qo‘lga olindi.

Manba: Daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.