Toshkentda kuchli shamol sabab daraxt avtomashinani bosib qoldi (foto)

Kecha, 10 mart kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv xizmatiga fuqaro M.Ibragimova tomonidan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, «Bog‘iston» mahallasida daraxt qulab tushib, 2 ta yengil avtomashinani bosib qolgani, shuningdek, gaz quvuriga shikast yetkazgani bo‘yicha murojaat kelib tushdi.
Ma’lumot olinganidan so‘ng navbatchi smena qutqaruvchilari D.Nurmetov, X.Shonusratov, A.Abidov, M.Kaybullayev va S.Abduxalilov zudlik bilan voqea sodir bo‘lgan joyga yetib borishdi.
FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar va tuman kommunal xizmatlari tomonidan daraxt arralanib, shikastlangan avtomobillar chiqarib olindi. Shuningdek, gaz ta’minoti quvurlari ta’mirlandi.
Voqea natijasida jarohatlanganlar yo‘q.



"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ma’lumot olinganidan so‘ng navbatchi smena qutqaruvchilari D.Nurmetov, X.Shonusratov, A.Abidov, M.Kaybullayev va S.Abduxalilov zudlik bilan voqea sodir bo‘lgan joyga yetib borishdi.
FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar va tuman kommunal xizmatlari tomonidan daraxt arralanib, shikastlangan avtomobillar chiqarib olindi. Shuningdek, gaz ta’minoti quvurlari ta’mirlandi.
Voqea natijasida jarohatlanganlar yo‘q.



Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













