Toshkentda yana bir katta muz maydoni ochiladi

Toshkentda yana bir katta muz maydoni ochiladi
Toshkentda yana bir katta muz maydoni ochiladi

Toshkent shahridagi “Next” savdo majmuasi hududida 20 dekabr, soat 11:00da “Ice Rink” nomli yangi muz maydonining ochilish marosimi o‘tkaziladi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.

Tadbir tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, marosimda muz ustida figurali uchish sporti bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning chiqishlari hamda bayram dasturlari namoyish etiladi.

Ushbu muz maydoni – katta katok tashrif buyuruvchilarning ko‘ngilli dam olishlari hamda figurali uchish va xokkey kabi sport turlarining rivojlanishiga xizmat qilishni ko‘zlab qurilgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida hozirgacha uchta shunday majmua mavjud bo‘lib, bular “Yoshlik” sport jamiyati, “Lokomotiv” sport maktabi va Respublika qishki sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash oliy maktabi hududida joylashgan. Shuningdek, Furqat nomidagi istirohat bog‘ida ham “Ice Avenyu” nomli shunday muz maydoni qurilish ishlari davom etmoqda.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.