Farg‘onada avtoturargoh va avtobus yonib ketdi

Farg‘onada avtoturargoh va avtobus yonib ketdi
Illyustrativ foto
31 may kuni Farg‘ona shahrining Guliston ko‘chasida avtoturargohda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi, deb yozadi “Xalq so‘zi” nashri.

Qayd qilinishicha, yong‘in oqibatida avtoturargohning tom qismi va “Isuzu” rusumli avtobus yonib zarar ko‘rgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Jarohat olganlar yo‘q. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.