«Malika» savdo majmuasida yana pichoqbozlik...

«Malika» savdo majmuasida yana pichoqbozlik...
Bundan bir necha kun muqaddam Toshkentdagi «Malika» savdo do‘konida pichoqbozlik yuz bergani haqida ma’lum qilgan edik.

IIVning rasmiy saytida yozilishicha, kecha, 12 iyul kuni yana shunga o‘xshash hodisa ro‘y berdi. Poytaxtning Olmazor tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan S.Akbarov «Malika» savdo majmuasining avtoturargohida o‘zaro janjal oqibatida X.S., A.A. va J.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

Jabrlanganlar shifoxonga yetkazilgan.

Ichki ishlar vazirligi S.Akbarovni ko‘rgan, u haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan u haqda ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishni so‘radi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.