Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshiga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshiga yetib bordi
O\'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 24 avgust kuni Turkmanboshi shahriga tashrif buyurdi.

O\'zbekiston rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o\'rinbosari E.Orazgeldiyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Prezident bugun Orolni qutqarish xalqaro jamg\'armasi ta`sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi. Sammitda Orol dengizi havzasining ekologik ahvolini yaxshilashda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb masalalari ko\'rib chiqiladi.

Shuningdek, davlat rahbari Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashuv o\'tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.