Lola Karimovaga “hujum” uyushtirildi

Lola Karimovaga “hujum” uyushtirildi
Лола Каримовага «ҳужум» уюштирилди

Oxirgi haftada Instagram sahifamda botlar, yaʼni soxta akkaunt orqali obuna boʻluvchilar soni keskin oshib ketgani tufayli sahifam sozlamasini oʻzgartirib, uni “privat” tizimiga oʻtkazishga majbur boʻldik, deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva Facebookʻdagi sahifasida.

“Soʻnggi bir necha kun davomida Instagramʻdagi sahifamga botlar tomonidan yangi ochilgan oʻn mingdan oshiqroq feyk, yaʼni soxta akkauntlarning obuna boʻlgani kuzatildi. Bizdagi raqamlarga koʻra, har bir necha daqiqa ichida yangi-yangi bot-akkauntlar ochilmoqda”, – deydi u.

Lola Karimovaning taʼkidlashicha, axborot texnologiyalari boʻyicha jamoasi Instagram bilan hamkorlikda roʻy berayotgan holatga oydinlik kiritmoqda. U barchaga eʼtiborli boʻlishni tavsiya etgan. Bu haqda Kun.uz nashri maʼlum qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.