Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga joʻnab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga joʻnab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida qatnashish uchun Dushanbega joʻnab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq, 27-28 sentyabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga borishi maʼlum qilingandi.

Tashrifning birinchi kuni qator ikki tomonlama tadbirlar jadvali asosida oʻtkaziladi. Tashrifdan asosiy maqsad, 28 sentyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbe shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etishidir.

Shuningdek, ushbu safar davomida tor va keng doiralarda muzokaralar oʻtkazilishi, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

MDH davlat rahbarlari sammitda ishtirok etish doirasida tojikistonlik metallurglar shahri - Tursunzodaga tashrif buyurishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.