Qalbaki dollar muomalada "harakatlanayotgani" aniqlandi

Departamentning Zangiota tuman bo‘limiga fuqaro E.Sh. ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda Toshkent xalqa yo‘li yoqasida qo‘y sotayotgan vaqtida, ikkita noma’lum shaxs undan bir bosh qo‘y sotib olib, 300 AQSh dollari to‘lashganligini, ushbu pullarning haqiqiy ekanligiga shubha qilayotganligini bildirgan va ekspertiza tayinlash uchun mazkur pullarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan.
Toshkent viloyat IIB EKBning bergan ekspertiza xulosasida, fuqaro E.Sh. tomonidan topshirilgan 300 AQSh dollari qalbaki ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Unda Toshkent xalqa yo‘li yoqasida qo‘y sotayotgan vaqtida, ikkita noma’lum shaxs undan bir bosh qo‘y sotib olib, 300 AQSh dollari to‘lashganligini, ushbu pullarning haqiqiy ekanligiga shubha qilayotganligini bildirgan va ekspertiza tayinlash uchun mazkur pullarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan.
Toshkent viloyat IIB EKBning bergan ekspertiza xulosasida, fuqaro E.Sh. tomonidan topshirilgan 300 AQSh dollari qalbaki ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













