Oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
2018/2019 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi va undan yuqori kursida tahsil olayotgan talabalar uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 31 dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. ​

\"Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga 2018/2019 o‘quv yili qabulida kirish sinovlari natijasiga ko‘ra yetarli ball to‘plamagan va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun;

2018/2019 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tavsiya etilgan xorijiy fuqarolar uchun;

2018/2019 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi va undan yuqori kursida tahsil olayotgan talabalar uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 31 dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi\", deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.