Yana bir sudya pora bilan qo‘lga olindi

Yana bir sudya pora bilan qo‘lga olindi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi sudyasi A. M. 500 (besh yuz) AQSh dollarini pora sifatida olayotgan paytida qo‘lga olindi. «Xabar.uz» manbasiga ko‘ra, voqelik shu yilning 21 dekabr kuni sodir bo‘lgan.

Bu keyingi hafta davomida pora olayotgan sudyaning qo‘lga tushishi bilan bog‘liq ikkinchi voqeadir. O‘tgan hafta fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Z. I. 12 000 AQSh dollari miqdoridagi pora bilan qo‘lga tushgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.