Toshkent shahrining yana 2 ta tumaniga hokim tayinlandi

Toshkent shahrining yana 2 ta tumaniga hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Yashnobod va Sergeli tumanlarining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda qayd qilinishicha, sessiya davomida tashkiliy masala ko‘rilgan.

Shu kunga qadar Yashnobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Tillashayxov Hojiakbar Kamoliddinovich, Sergeli tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Husanov Nozim Baxtiyorovichlar hokim etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Olmazor, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod va Shayxontohur tumaniga hokimlar tasdiqlangani xabar qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.