O‘zbekistonda 2019 yilda kiyim-kechak, mebel va maishiy texnika uchun import bojlari salmoqli darajada oshdi

O‘zbekistonda 2019 yilda kiyim-kechak, mebel va maishiy texnika uchun import bojlari salmoqli darajada oshdi
O‘zbekistonda 443 turdagi mahsulotning import bojxona bojlari o‘rtacha 5—30 foizga oshdi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
O‘zgarishlar oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va texnika mahsulotlarini qamrab oldi.

Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari orasida kichik — 5 foizli stavka quyultirilgan sut, qaymoq, qovurilmagan qahva va palma yog‘iga nisbatan joriy etildi. Deyarli barcha kiyim-kechak uchun boj ikki baravar (10 dan 20 foizgacha) oshdi. Bojning foizlarda hisoblangan qiymati pasayishi mumkin bo‘lmagan bo‘lmagan minimum ham belgilandi — donasi uchun 0,2 dan 4 dollargacha.

Poyabzal uchun stavkalar ham ikki baravar ( 5 dan 10 foizgacha) ko‘tarildi. Bu yerda ham minimal qiymat belgilandi — donasi uchun 1,5 dollar.
Tuxum va saqich uchun 30 foiz miqdorida boj to‘lashga to‘g‘ri keladi. Idish-tovoq, mebel, ofis uchun tovarlar, maishiy texnika, avtomobil ehtiyot qismlari uchun ham bojlar salmoqli ravishda ko‘tarilgan.

Iport bojlarining pasayishi atigi 8 turdagi tovarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida traktorlar, yigirilgan ip, matolarning ayrim turlari bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.