Saraton keltirib chiqaruvchi eng xavfli mahsulot aniqlandi

Saraton keltirib chiqaruvchi eng xavfli mahsulot aniqlandi
Shakar. Ha, bu shubhasiz shakar ekan!
AQShdagi M.D.Anderson nomidagi onkologik markaz olimlari shakarni haddan ortiq darajada iste’mol qilish saraton paydo bo‘lishi xavfini oshirishini aniqlashdi. Bir guruh sichqonlarga ko‘plab g‘arb davlatlarida odamlar iste’mol qiladigan shakar miqdoriga teng saxaroza berilgan, boshqalari esa shakarsiz kraxmal parhezida bo‘lgan. Tadqiqot yakunida mutaxassislar birinchi guruhdagi sichqonlar qonida shakar miqdorining oshishi o‘simtaning tez o‘sishiga sabab bo‘lganini aniqlashdi.

Shu bois olimlar qand kasalligi, saraton, semirish va yurak kasalliklari xavfini kamaytirish uchun shakarni kamroq iste’mol qilishni tavsiya qilishmoqda.
Shirinlik o‘rniga mevalar yeyish, shakar o‘rniga esa asaldan foydalanish tavsiya etilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.