Zokirjon Almatov: "Bugungi kunlar osonlikcha kelmagan" (foto)

Zokirjon Almatov: "Bugungi kunlar osonlikcha kelmagan" (foto)
Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov O‘zbekiston Milliy universitetda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mustaqilikning dastlabki kunlaridagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi.
Zokirjon Almatov: "Bugungi kunlar osonlikcha kelmagan" (foto)
«1991 yil. Mustaqillik e’lon qilindi. Oziq-ovqat zaxirasi nari borsa bir haftaga yetar-yetmas qolgan. Hukumat rahbarlari oldida bir masala: nima qilamiz va vaziyatdan qanday chiqamiz?

Bosh urilmagan eshik qolmadi. Qaysidir davlatlar do‘stlik qildi... kimdir tomoshabin, kimdir... Bu kunlardan o‘tdik.
Hali yosh, oyoqqa turib ulgurmagan davlatga «men egalik qilishim kerak», degan iddaolar bilan minbarga chiqib yoshlarni yo‘ldan uruvchi, soxta siyosatchilar paytdan foydalanish payiga tushdilar. Bu ham o‘tdi...

Xalq ichida uyushgan jinoyatchilik, reket degan to‘dalar yoyildi. Ular xalqning mol-mulkiga hech ikkilanmay egalik qilishi holatlari, qotilliklar avj ola boshladi. Ularni jilovlashga erishish ham oson bo‘lmadi...
Terrorizm, islom niqobi ostida ekstremistlar guruhi, missionerlar faoliyati pana-panalarda yoshlarni zaharlashga o‘tdi.
Millatni ichidan yemiruvchi illat giyohvandlik, narkotik moddalar oldi-sotdisiga qarshi tizimli kurash kerak bo‘ldi.
Zokirjon Almatov: "Bugungi kunlar osonlikcha kelmagan" (foto)
Zokirjon Almatov: "Bugungi kunlar osonlikcha kelmagan" (foto)
Zokirjon Almatov: "Bugungi kunlar osonlikcha kelmagan" (foto)
Bu tinch va xotirjamligimiz bor kunlarimizga yetish oson bo‘lmagan. Yetarlicha qurbonliklar bo‘lgan. Bugun misli ko‘rilmagan yangilanishlar, izlanishlar ketyapti. Uning ortida esa uyqusiz tunlar, zahmatli mehnatlar yotibdi. Bor harakatlarimiz esa siz yoshlar uchun. Sizlar yurtimiz egasiz. Kuchli davlatga chuqur bilim, tinimsiz izlanish, fidoyilik va vatanparvarlik bilan erishamiz», generalning so‘zlarini keltirmoqda Milliy universitet matbuot xizmati.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.