Samarqandda ofitsiant qiz oshxona egalarining uyidan 120 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irladi

Foto: «Zarnews»
Samarqanddagi Sartepa maskanida o‘z uyida oshxona tashkil etgan kishilarning ishonchiga kirgan asli qashqadaryolik Mohira (ismi o‘zgartirilgan) ismli ofitsiant qiz bemalol ularning xonadoniga ham kirib yuravergan, deya xabar beradi «Zarnews».
U oshxona egasi bekasining xonasiga kirib, avvaliga uning to‘rtta uzugini o‘g‘irlagan. Voqeadan hech kim xabar topmaganidan foydalanib, qulay fursat kelganda boshqa taqinchoqlarni ham asta-sekinlik bilan o‘mara boshlagan.
Mohira ularni sotib, uyiga televizor, o‘ziga qimmatbaho buyumlar xarid qilgan. Atrofdagilarga esa moddiy ahvolidagi bu o‘zgarishlarni bir yigit bilan tanishgani, u badavlat bo‘lgani tufayli unga sovg‘alar berayotgani bilan izohlagan.
U bir oy davomida bu uydan o‘g‘irlagan tilla buyumlarining jami summasi pul hisobida 120 million so‘mni tashkil etgan. Qiz bu buyumlarni zargarga bor-yo‘g‘i 20 million so‘mga pullagan.
Ayni paytda ushbu jinoiy ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Samarqanddagi Sartepa maskanida o‘z uyida oshxona tashkil etgan kishilarning ishonchiga kirgan asli qashqadaryolik Mohira (ismi o‘zgartirilgan) ismli ofitsiant qiz bemalol ularning xonadoniga ham kirib yuravergan, deya xabar beradi «Zarnews».
U oshxona egasi bekasining xonasiga kirib, avvaliga uning to‘rtta uzugini o‘g‘irlagan. Voqeadan hech kim xabar topmaganidan foydalanib, qulay fursat kelganda boshqa taqinchoqlarni ham asta-sekinlik bilan o‘mara boshlagan.
Mohira ularni sotib, uyiga televizor, o‘ziga qimmatbaho buyumlar xarid qilgan. Atrofdagilarga esa moddiy ahvolidagi bu o‘zgarishlarni bir yigit bilan tanishgani, u badavlat bo‘lgani tufayli unga sovg‘alar berayotgani bilan izohlagan.
U bir oy davomida bu uydan o‘g‘irlagan tilla buyumlarining jami summasi pul hisobida 120 million so‘mni tashkil etgan. Qiz bu buyumlarni zargarga bor-yo‘g‘i 20 million so‘mga pullagan.
Ayni paytda ushbu jinoiy ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













