Jizzaxdagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)

Jizzaxdagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)
Foto:«Jizzax.uz»
7 avgust kuni Jizzax viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi kuch va vositalarni boshqarish markaziga shahardagi xususiy korxona binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Yong‘in joyiga Jizzax shahar Yong‘in xavfsizligi bo‘limining 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yuborilgan.
Jizzaxdagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)
Foto:«Jizzax.uz»
Bo‘linmalar yong‘in joyiga yetib borganida MDF eshiklar ishlab chiqaruvchi xususiy korxonaning ikki qavatli binosida 230 m2 maydonda yong‘in sodir bo‘layotgan edi. Bino ichida ko‘p miqdorda yonuvchi modda va materiallar, tayyor eshiklar va xomashyo materiallari, yog‘och qipiqlar bo‘lganligi, qo‘shni bino va inshootlar yong‘in sodir bo‘layotgan joyga bevosita bog‘lanib ketganligi natijasida yong‘inning qisqa muddatda katta maydonlarga kengayib ketish xavfi yuqori edi.

Shu sababli yong‘in o‘chirish shtab boshlig‘i tomonidan «2-chaqiriq» e’lon qilindi va yong‘in joyiga 8 ta asosiy turdagi, 2 ta maxsus va 2 ta yordamchi avtomobillar jalb etildi. Yong‘in joyida tezkorlik shtabi tuzilib, yong‘in-qutqaruv qismlari shaxsiy tarkibi, ichki ishlar boshqarmasi, tez tibbiy yordam va boshqa tezkor xizmatlar xodimlarining hamkorligi tashkil etildi.
Jizzaxdagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)
Foto:«Jizzax.uz»
Yong‘in qisqa muddatda bartaraf etilib, alanganing qo‘shni binolarga tarqalib ketishining oldi olingan.

Yong‘in natijasida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar yo‘q. Voqea sababi sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.