Toshkentda ayol va erkak haydovchi mushtlashib ketdi (video)

Toshkentda ayol va erkak haydovchi mushtlashib ketdi (video)
Toshkent ko‘chalarida ayol va erkak haydovchi mushtlashib ketgani tasvirlangan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketdi.

Videolavhada tasvirlanishicha, «Vaz» rusumli avtomobil ko‘chaning ikkinchi yo‘lagida to‘xtab qoladi. Keyingi soniyalarda undan oldinda «Kobalt» rusumli avtomobil to‘xtab turgani ma’lum bo‘ladi.

«Kobalt» mashinasidan ayol haydovchi tushib keladi, «Vaz» avtomobilidan esa erkak haydovchi. So‘ngra ular o‘rtasida avval dahanaki jang boshlanadi, so‘ngra tortishuv mushtlashuvga aylanadi.

Hozircha Toshkent shahar IIBB bu xabarga izoh berganicha yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.