Yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi (Jadval)

Yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi (Jadval)
2019/2020-o‘quv yilidan boshlab Respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir nafar talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari belgilangan tartibda tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi (Jadval)
Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Jadvalda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya to‘lovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan.

Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

Misol uchun, Bakalavriatning Pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:

Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).
Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m - 4 800 000 so‘m)
Eslatib o‘tamiz, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilanadi.

O‘zbekistoni Respublikasi Prezidentning 2019 yil 12 iyuldagi PF-5765 – son Farmoni bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2019 yil 1 avgustdan boshlab - 634 880 so‘m etib belgilangan.

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlari oshirilganda to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari navbatdagi o‘quv semestr boshidan mos ravishda oshiriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.