Qozog‘istonliklar o‘zbek otlariga tan berdi

Qozog‘istonliklar o‘zbek otlariga tan berdi
Foto: Mudofaa vazirligi
Qozog‘iston “Janub” Regional qo‘mondonligi qo‘mondoni general-mayor Kaydar Karakulov boshchiligidagi delegatsiya Nukus va Urganch garnizonlaridagi harbiy qism va muassasalarda bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Qozog‘istonliklar o‘zbek otlariga tan berdi
Tashrif davomida qozog‘istonlik harbiylarga mini-poligondagi amaliy mashg‘ulotlar, xizmat otlarini minishni o‘rgatish bo‘yicha mashqlar ko‘rsatildi. “Janub” Regional qo‘mondonligi qo‘mondoni O‘zbekistonning zotdor otlarini yuksak baholadi. Bundan tashqari, harbiy qismlarning infratuzilmasi hamda o‘quv-moddiy baza Qozog‘iston harbiy delegatsiyasida iliq taassurot qoldirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.