Ziroatxon Mirziyoyeva qizi Shahnoza bilan Xivaga bordi (foto)

Ziroatxon Mirziyoyeva qizi Shahnoza bilan Xivaga bordi (foto)
O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva qizi Shahnoza Mirziyoyeva bilan Xiva shahriga tashrifi buyurishi, ayniqsa, mahalliy aholining katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Chunki mamlakat rahbari rafiqasi va qizining oddiy xalq orasida ortiqcha dabdabasiz aylanib yurishi uncha-muncha tasavvurlarga sig‘mas holat edi-da.
Ziroatxon Mirziyoyeva qizi Shahnoza bilan Xivaga bordi (foto)
Birinchi xonimi qizi hamrohligida Xivadagi Ichan qal’a muzey qo‘riqxonasida bo‘lib, tarixiy yodgorlik bilan tanishdi. Shundan so‘ng Xivadagi bozor rastalarini ko‘zdan kechirdi.
Ziroatxon Mirziyoyeva qizi Shahnoza bilan Xivaga bordi (foto)
Qadimiy Ichanqal’a obidalarini tomosha qilar ekan, Prezident rafiqasi va qizi bu yerda faoliyat olib borayotgan hunarmand ustalarning ishlari bilan ham tanishgan.
Ziroatxon Mirziyoyeva qizi Shahnoza bilan Xivaga bordi (foto)
— O‘zbekistonning nufuzli xonimlarining kamtar va samimiyligi hayratlantirdi, — deydi Xiva shahar Gilamchi mahallasida yashovchi fuqaro M.Hurmatov. – Ular oddiy to‘quvchi, misgar va yog‘och o‘ymakor ustalari ishlari bilan yaqindan tanishib, samimiy gurunglashdilar. Shu sababdan ham xivaliklar ularni «Yilning eng e’tiborli mehmonlari» sifatida yodda qolishini aytishmoqda.
Erpo‘lat BAXT

Manba: Xabar.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.