Chak-chak, qushtili eng zararli shirinlik hisoblanadimi?

Chak-chak, qushtili eng zararli shirinlik hisoblanadimi?
Foto: «Malikavrn.ru»
Mutaxassis «Eng zararli shirinlik qaysi?» degan savolga javob berdi.
Umumiy formulaga tayanish mumkin: tarkibi qancha murakkab bo‘lsa, shuncha zararli, — deydi shifokor-diyetolog, tibbiyot fanlari nomzodi Lyudmila Zotova.

«AIF»ning yozishicha, yog‘da qovurilgan shirinliklar eng zararlisi hisoblanadi (ponchik, chak-chak, qushtili). Chunki ko‘p miqdorda shakar va transyog‘lar qorishib ketadi. Ikkinchi o‘rinda — drojjali xamirdan tayyorlangan desertlar. Uchinchi o‘rinda — shokoladli batonchiklar, kremli tortlar. Mikrobiologiya nuqtai nazaridan oqsilli (xom yoki yaxshi pishmagan tuxum oqi) va sutli desertlarning bari xavfli. Har tomonlama eng bezarar shirinliklar — marmelad, pastila, zefir (kimyoviy moddalardan emas, agar-agardan tayyorlangani) va qora shokolad. Umuman olganda, monoshirinlik (shokoladli plitka, murabbo, asal) murakkab tarkibli desertlardan ko‘ra yaxshiroq.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.