Jizzaxda 15 yoshli maktab oʻquvchisi farzandli boʻldi

Jizzaxda 15 yoshli maktab oʻquvchisi farzandli boʻldi
Jizzaxda 2004-yilda tugʻilgan 9-sinf oʻquvchisi oʻgʻil farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

14-noyabr kuni Jizzax shahar “Madaniyat” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi, 5-sonli oʻrta maktabning 15 yashar oʻquvchisi sogʻligʻi yomonlashganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialiga murojaat qilgan. Shifokorlar uning homilador ekanligini aniqlab, Jizzax viloyati perinatal markaziga yoʻllanma bergan.

U shu kunning oʻzida 1-tugʻruq boʻlimida 34 haftalik oʻgʻil farzandni dunyoga keltirgan.

Holat yuzasidan 19-noyabr kuni Jizzax shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yilning yanvarida Toshkentdagi maktablarning birida 8-sinf oʻquvchisi, Fargʻona viloyati Beshariq tumanida 14 yoshli qiz homilador boʻlib qolgani haqida xabar berilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.