Samarqandda xalqaro osh chempionati bo‘lib o‘tdi

Samarqandda xalqaro osh chempionati bo‘lib o‘tdi
28 noyabr kuni \"Bog‘ishamal garden\" tematik bog‘ida gastronomik turizmni ommalashtirishga yo‘naltirilgan \"World pilav chempionship\" kulinariya chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda uzbektourism.uz xabar bermoqda. Tadbirda respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan mohir oshpazlar palov tayyorlashda raqobatlashishdi. Tadbir davomida o‘zbek an’anaviy palovi bilan bir qatorda arman va turk palovlari ham tayyorlandi.
Samarqandda xalqaro osh chempionati bo‘lib o‘tdi
Birinchi o‘rinni “Bayram oshi”, ikkinchi o‘rinni “Samarqandcha osh” va uchinchi o‘rinni “Choyxona oshi” egalladi. Barcha ishtirokchilar sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu bayramga Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasining Markaziy Osiyo konferensiyasi ishtirokchilari va mehmonlari tashrif buyurishdi, ular nafaqat palovni tatib ko‘rish, balki o‘zbek xalqining an’analari va urf-odatlari bilan ham yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Samarqandda xalqaro osh chempionati bo‘lib o‘tdi
Tadbir davomida xalq ijrochilarining ashulalari yangradi, \"Chavqi\" folklor jamoasining chiqishi hamda viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan Sohibqiron Amir Temur davriga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan spektakllar namoyish etildi. Mazkur tadbir Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti hamda O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.