O‘zbekistonda kriptovalyuta bilan to‘lovni amalga oshirish man etildi

O‘zbekistonda kriptovalyuta bilan to‘lovni amalga oshirish man etildi
O‘zbekistonda kriptovalyuta bilan to‘lovni amalga oshirish qonun yo‘li bilan man etildi. Loyiha boshqaruv milliy agentligi direktori Dmitriy Li imzolagan buyruqda shu haqda so‘z boradi.

«Kripto-aktivlar O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov vositasi sifatida ishlatilishi mumkin emas», — deyiladi buyruqda.
Hujjatda kripto-aktivlar sifatida blokcheyndagi ma’lum qimmati va egasi bo‘lgan yozuvlar jamlanmasi ko‘zda tutilgan.

Buyruq bilan mamlakat hududida kripto-birja savdosini yuritish tartibi ham belgilangan. Hozircha O‘zbekistonda bunday birja yo‘q, biroq hatto paydo bo‘lgan taqdirda ham fuqarolar unda faqat chet elliklarga kripto-aktivlar sotishi mumkin, xarid qilish taqiqlangan. Shuningdek, anonim kelishuvlar ham man etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.