Dovon yo‘lida Isuzu’ning YTHga uchrashi oqibatida bir nafar haydovchi halok bo‘ldi (foto)

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 «Toshkent—O‘sh» yo‘lida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir nafar haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa 28 dekabr kuni soat 17:10 larda sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan D.O. Isuzu rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib, ag‘darilgan.
Shundan so‘ng, avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada Isuzu rusumli avtomobil haydovchisi D.O. voqea joyida halok bo‘lgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Isuzu haydovchisining xavfli burilishda harakat xavfsizligini ta’minlay olmaganligi oqibatida sodir bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 «Toshkent—O‘sh» yo‘lida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir nafar haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa 28 dekabr kuni soat 17:10 larda sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan D.O. Isuzu rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib, ag‘darilgan.
Shundan so‘ng, avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada Isuzu rusumli avtomobil haydovchisi D.O. voqea joyida halok bo‘lgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Isuzu haydovchisining xavfli burilishda harakat xavfsizligini ta’minlay olmaganligi oqibatida sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













