«Ahmadboy»ga tegishli mulklar savdosi: 2 avtomobil va 1 uy sotildi (foto)

«Ahmadboy»ga tegishli mulklar savdosi: 2 avtomobil va 1 uy sotildi (foto)
«E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida xalq orasida «Ahmadboy» nomini olgan Ahmadboy Tursunboyevga tegishli bo‘lgan, 2019 yilning dekabrida onlayn auksionga qo‘yilgan 10ta mol-mulkning 3tasi elektron onlayn-auksionlar orqali realizatsiya qilingani haqida ma’lumot berdi. Mulklarning 3 tasi ko‘chmas mulk, 7 tasi esa avtotransport vositalari.

2019 yilning 30 dekabr kuni o‘tgan savdolarda Namunali loyiha asosida qurilgan uy-joy 182 mln so‘mga sotilgandi.
«Ahmadboy»ga tegishli mulklar savdosi: 2 avtomobil va 1 uy sotildi (foto)
Bugun, 10 yanvar kuni o‘tkazilgan onlayn savdolarda 2ta avtotransport vositasi sotilgan.

Boshlang‘ich narxi 473 mln.so‘m bo‘lgan LAND CRUISER (PRADO) avtomobili savdolarda 539 mln so‘mga sotilgan.
«Ahmadboy»ga tegishli mulklar savdosi: 2 avtomobil va 1 uy sotildi (foto)
CAPTIVA avtomobili esa 212,7 mln so‘mga baholangan.
«Ahmadboy»ga tegishli mulklar savdosi: 2 avtomobil va 1 uy sotildi (foto)
Yana 7 ta mulk – 2 ta ko‘chmas mulk va 5 ta avtomobil qayta auksionga chiqariladi.
«Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» DUK tomonidan bugungi kunda shaffof va ochiqlik tamoyillariga tayangan holda elektron onlayn-auksionlar tashkil etib kelinmoqda.

Ijro hujjatlari asosida realizatsiya qilingan mol-mulklardan tushgan mablag‘larning katta qismi jabrlanuvchilarga ular ko‘rgan zararni qoplash maqsad uchun sarflanadi», deyiladi «Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» DUK xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.