Navoiy shahridagi 4 qavatli savdo kompleksida katta yong‘in bo‘ldi

Navoiy shahridagi 4 qavatli savdo kompleksida katta yong‘in bo‘ldi
2020 yil 16 yanvar kuni soat taxminan 21:15da Navoiy shahridagi 4 qavatdan iborat bo‘lgan Navoiy savdo kompleksining to‘rtinchi qavatida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti xabar berib o‘tdi.

Yong‘in natijasida 150 kv.m. bo‘lgan 6 ta kiyim kechak savdo do‘koni yonib yaroqsiz xolga kelgan, 14 ta savdo do‘koni esa zararlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar va qurbonlar yo‘q. Ayni vaqtda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.

Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.