Alisher Navoiyning tiriklik vaqtida ko‘chirgan 20 ta qo‘lyozmasi topildi (video)

Alisher Navoiyning tiriklik vaqtida ko‘chirgan 20 ta qo‘lyozmasi topildi (video)
Xalqimizning boy tarixi va madaniyatining ajralmas bir qismini tashkil etuvchi qadimiy qo‘lyozmalar, san’at asarlari, osori atiqalarni ilmiy tadqiq etish, ularni jamlash, kelajak avlodni bebaho qadriyatlarimiz bilan tanishtirishni o‘z oldiga maqsad qilgan O‘zbekistonga oid madaniy boyliklarni xorijda tadqiq etish markazi tomonidan brifing tashkil etildi. Bu haqda MY 5 telekanalining \"Hudud\" ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

– Hozirga qadar biz xorijdagi O‘zbekistonga tegishli olti mingga yaqin madaniy boyliklarni aniqladik, – dedi O‘zbekistonga oid madaniy boyliklarni tatbiq etish markazi direktori Roiq Bahodirov. – Ularning qirq foizini qo‘lyozmalar tashkil etadi. Qo‘lyozmalarning aksariyat qismini O‘zbekistonga olib kelishga muvaffaq bo‘ldik. Tadqiqotlar natijasida Alisher Navoiy tiriklik davrida ko‘chirgan qo‘lyozmasining original varianti Istambul shahrining To‘pqopi saroyidan topildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.