Senatorlar qonunni rad etishdi

Senatorlar qonunni rad etishdi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Senatorlar tomonidan «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risda»gi qonunning yangi tahririni muhokama qilindi.
«Xabar.uz» nashrining ma’lum qilishicha, Qonunda qator konseptual kamchiliklar senatorlar tomonidan qayd etilgan.

Unga ko‘ra, qonunning 3-moddasida uning qo‘llanilish sohasi belgilangan bo‘lsa-da, xalqaro tijorat arbitraji tushunchasi va tamoyillari ochib berilmagan.
Shuningdek, 6-moddada Qonunning qo‘llanilish sohasini batafsil izohlash o‘rniga hal qilish uchun xalqaro tijorat arbitrajiga topshirishi mumkin bo‘lgan nizolar keltirib o‘tilgan.

Senatorlarning fikricha, ushbu normada xalqaro tijorat arbitraji ko‘rib chiqish mumkin bo‘lgan nizo predmeti to‘liq yoritilmagan. Bu va boshqa kamchiliklar tufayli qonun senatorlar tomonidan rad etildi. Yalpi majlis davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.