Shaxzodaning turmush o‘rtog‘i Ravshan Yo‘ldoshev vafot etdi

Shaxzodaning turmush o‘rtog‘i Ravshan Yo‘ldoshev vafot etdi
Shou-biznes olamida yaxshi tanilgan tadbirkor Ravshan Yo‘ldoshev 30 mart kuni vafot etdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Tarona records kompaniyasi ta’sischisi, shou-biznesda taniqli bo‘lgan tadbirkor Ravshan Yo‘ldoshev 30 mart kuni kechqurun Toshkentda vafot etdi. Uning yurak xurujidan olamdan o‘tgani qayd etilgan.

Ravshan Yo‘ldoshev 1961 yili 2 aprelda tug‘ilgan. Faoliyati davomida Tarona records leybelini tashkil etib, san’atkorlar orasida nom qozongandi. Shuningdek, u xonanda Lola Yo‘ldoshevaning otasi hamda xonanda Shahzodaning turmush o‘rtog‘i hisoblanadi.

Zamin.uz tahririyati marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.